Asosiy matnga o'tish
Tanga
  • Imkoniyatlar
  • Panel
  • Narxlar
  • Xavfsizlik
  • Savollar
  • UZ
  • ЎЗ
  • RU
Telegram'da ochish
← Bosh sahifaga qaytish

Maxfiylik siyosati

MAXFIYLIK SIYOSATI

Qanday ma'lumot saqlanadi

  • Telegram ID, ismingiz va username
  • Siz yozgan yozuvlar: summa, kategoriya, izoh, sana
  • Qarz yozuvlarida siz ko'rsatgan shaxs ismi
  • Jamg'arma yozuvlari va maqsadlaringiz
  • Obuna muddati va to'lov tarixi
  • Botdan foydalanish statistikasi (qachon kirgansiz, nechta yozuv) — summalarsiz

Qanday saqlanadi

Hamma ma'lumot diskda shifrlangan (SQLCipher). Moliyaviy yozuvlaringiz — summa, kategoriya, izoh — alohida faylda, alohida kalit bilan saqlanadi. Bu kalit admin panelda yo'q: panel orqali ularni hech kim ko'ra olmaydi, administrator faqat yozuvlar SONINI ko'radi.
Kalit serverda, botning o'zida turadi — bot yozuvlaringizni sizga ko'rsatishi uchun ularni ochishi kerak. Ular hech kimga sotilmaydi va berilmaydi.

AI xizmati (Google, Gemini, AQSh)

Yozganingizni tushunish uchun matn, chek rasmi va ovozli xabaringiz Google'ning Gemini API'siga yuboriladi. Ovozli xabar matnga aylantirish uchun yuboriladi va bizda saqlanmaydi. Biz faqat pullik xizmatdan foydalanamiz: pullik xizmatda Google bu ma'lumotni o'z mahsulotlarini yaxshilash va modelni o'qitish uchun ishlatmaydi, lekin qoidabuzarlikni aniqlash maqsadida uni cheklangan muddat saqlashi mumkin. Chek rasmi va ovoz bizning serverda saqlanmaydi — ulardan chiqqan matnli yozuvlargina qoladi.

Kim ko'ra oladi

  • Siz — bot va Mini App orqali
  • Admin panel orqali — hech kim (faqat yozuvlar soni)
  • Boshqa foydalanuvchilar — hech qachon: har bir yozuv Telegram ID bo'yicha ajratilgan

Qayerda saqlanadi

Fransiyadagi ijaraga olingan serverda (Contabo).

Zaxira nusxalar

Har kuni shifrlangan (AES-256) zaxira nusxa olinadi. Serverda 14 kun saqlanadi; nusxa xizmat egasining Telegram'iga ham yuboriladi va u yerda qo'lda o'chirilgunicha turadi. Nusxani ochish uchun alohida kalitlar kerak.

Qancha saqlanadi

Siz o'chirmaguningizcha. /ochirish bosilganda ma'lumot asosiy bazadan darhol va butunlay o'chiriladi. Undan oldin olingan shifrlangan zaxira nusxalarda qolishi mumkin (yuqoriga qarang). Faqat bitta anonim belgi qoladi: Telegram ID'ingizning qaytarib bo'lmaydigan kalitli heshi va oy — qaytib kelganda bepul sinov va taklif bonusi qayta berilmasligi uchun. Unda ism ham, yozuv ham yo'q.

Sizning huquqlaringiz

  • /csv — barcha ma'lumotingizni fayl qilib olish (bepul)
  • /ochirish — hisobni va butun tarixni o'chirish
  • Roziligingizni istalgan paytda qaytarib olishingiz mumkin — buning uchun /ochirish bosing

To'lov

Karta ma'lumotlaringiz bizga kelmaydi. Siz o'zingiz o'tkazma qilasiz va chek skrinshotini yuborasiz; u Telegram'da qoladi, administrator uni tekshirish uchun ochadi.

Savol: @Nodirbek_8545

Bu matn botdagi /maxfiylik va /shartlar buyruqlari bilan bir xil. Botda rozilik berilganda shu versiya qabul qilinadi.

Tanga· Telegram'dagi shaxsiy moliya yordamchisi
  • Telegram bot
  • Narxlar
  • Maxfiylik siyosati
  • Ommaviy oferta
© 2026 Tanga